Asosiy kontentga o‘tish
SARMOYAPRO
Tezkor
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdiSo‘m kursi haftalik savdolarda barqarorToshkent fond birjasida savdo hajmi oshdiOltin narxi yangi cho‘qqiga yaqinlashdiBanklar depozit stavkalarini pasaytirmoqdaYillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi
Orqaga
Bozor

Oʻzbekiston 6 oyda qariyb 1,1 mln tonna meva-sabzavot eksport qildi

Your Shadow2 soat oldin0 ko‘rish

Oʻzbekiston 6 oyda qariyb 1,1 mln tonna meva-sabzavot eksport qildi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 872,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 086,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,5 ming tonnaga oshgan. Eksport qiymati esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga koʻpaygan.

Eksport tarkibi quyidagicha:

sabzavotlar — 504,3 ming tonna;

meva va rezavorlar — 158,5 ming tonna;

tarvuz va qovun — 128,6 ming tonna;

mosh — 35 ming tonna;

yeryongʻoq va yongʻoqlar — 12,4 ming tonna;

boshqalar — 248 ming tonna.

  • export
  • uzstat
Telegramda o‘qish

Shu mavzuda